Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 71 545-12-29
Musiqa va san’at maktablari - yosh avlodninig musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, bolalarga musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi.
1967-yilda Toshkent viloyati Piskent tumanida 30-sonli musiqa maktabi ochilgan. Dastlab 1967-1970 yillar Glinka nomidagi misiqa maktabi, 1970 – 2008 yillar 30-sonli musiqa maktabi, 2008 yildan buyon 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi deb yuritilib kelmoqda. Maktabning birinchi direktori etib, Toshkent Davlat konservatoriyasini Bayan-akkardeon cholg‘usi bo‘yicha bitirgan mutaxassis- Tadjibaev Alim Aripovich tayinlangan. Maktabda dastlab fortepiano va akardeon cholg‘ulari ochilgan. 1969 –yildan xalq cholg‘ulari (doira, qashqar rubob, dutor) qo‘shilgan.
Birinchi Prezidentimizning 2008-yil 8-iyuldagi «Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida»gi 910-qaroriga muvofiq maktabimizga 2012-yilda 150 quvvatiga ega bo‘lgan yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi va shu bilan birga maktabning moddiy-texnik bazasi ham yanada yaxshilandi. Maktab zamonaviy musiqa cholg‘ulari, ovoz kuchaytirgich, mebel va uskunalar bilan jihozlandi, bosqichma-bosqich ravishda zarur o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, notalar, SD disk va ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlanib kelinmoqda. Maktabda elektron kutubxona tashkil qilingan bo‘lib uninig bazasi 4000 ga yaqin elektron kitobni, 6 000 ga yaqin turli notalarni tashkil qiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bolalar musiqa va san’at maktabida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar natijasida o‘quvchilar qamrovi so‘nggi yillarda keskin ortdi.
Hozirgi kunda maktabimizda 410 nafar o‘quvchi musiqa va san’atning 13 ta yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olmoqda. Ularlarga 50 ta malakali pedagoglar ta’lim berib kelishmoqda.
Kelgusida baxshichilik va gitara yo‘nalishlarini ochishni rejalashtirilgan.
Maqsadimiz, yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, bolalar musiqa va san’at turlarini o‘rgatish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini har tomonlama oshirishdur.
Ish yurituvchi
Dadamatova
Shohida
Liboschi
Rasulova
Gulxayo Ikromjon qizi
Kutubxonachi
Rustamova
Zilola Sobirjonovna