TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 71 545-12-29

Uy vazifasini bajarish ustida ishlash

Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qish quvonch va ijodiy muvaffaqiyatlar olib kelishi uchun nafaqat darslarda yaxshi shug‘ullanish, balki uy vazifalarini bajarishga jiddiy qarash kerak.

Uy vazifalari bajarishning asosiy tamoyillari:

- muntazam ravishlik;

- har kunlik;;

- yetarli darajada davomiylik;

- anlab tushunish;

- oldinga qo‘yilgan vazifalarga diqqat-e’tiborni jamlash.

1. Uy vazifasini bajarishning asosiy qoidalari:

Uy vazifalari aniq kun tartibiga bo‘ysunishi kerak. Musiqa maktabi uchun uy vazifalarini bajarishga har kuni muayyan bir vaqt ajratish lozim. Faqat darsdan oldingina shug‘ullanish samara bermaydi, chunki darsda o‘tganlarning ko‘pi esdan chiqqan bo‘ladi, ba’zi vazifalarni esa - masalan, asarni yodlashni, bitta uy vazifasida bajarib bo‘lmaydi.

Diqqat e’tiboringni qachon yaxshi jamlay olishing mumkin bo‘lgan vaqtni tanla. Bu ertalabki vaqt, yoki umumta’lim maktabdagi uy vazifalarini bajarishdan oldinga tanaffus bo‘lishi mumkin. Eng muhimi - sen toliqmagan, dam olgan bo‘lishing lozim.

2. Mashg‘ulotlarning davomiyligi

Boshlang‘ich sinflarda mashg‘ulotlar vaqti kuniga 30-40 daqiqani tashkil qilishi lozim. Yuqori sinfdagilar uchun kuniga 1,5-2 soat shug‘ullanish tavsiya etiladi, bunda mashg‘ulotlar orasida tanaffus qilish lozim.

3. Mashg‘ulotlar uchun ish joyi tashkil qilamiz

Yosh musiqachining ish joyi yorug‘ va tinch bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar vaqtida televizor va radio, qo‘l telefoni o‘chirilgan bo‘lishi kerak. O‘zingga qulay, mustahkam, balandligi bo‘yicha senga mos keladigan stulni tanla. Agar mashg‘ulotlar uchun taglik (stulga, oyoq ostiga), pyupitr kerak bo‘lsa, ulardan uy vazifalarini bajarishda ham foydalan.

4. Uy vazifalarini bajarishni rejalashtirish

Uy vazifalarini bajarishga kirishishdan oldin albatta kundalikdagi uy vazifalari yozuvini o‘qi. Har kunlik ish xajmini aniqlab vazifani 3-4 qismga bo‘l.

Har bir uy vazifasi uchta tarkibdan iborat bo‘lishi kerak:

- texnikani rivojlantirish;

- o‘tilganlarni mustahkamlash;

- yangisini yodlash.

5. Uy vazifasi ustida ishlash

Uy vazifasini bajarishga kirishayotganda yana bir topshiriqni diqqat bilan o‘qi. Ushbu asar, etyud, mashq yoki gamma ustida sizlar sinfda qanday shug‘ullanganlaringizni va o‘qituvchi qanday xolatlarga ko‘proq e’tibor qaratganini esla. Uy vazifasi ustida sinfda ishlaganday ishlashga harakat qil.Yangi asarni (etyudni) tahlil qilayotganda avval boshidan oxirigacha chal. Sen asarning qiyin parchalarini darhol fahmlaysan, ularni o‘zing uchun belgilab ol. Shundan so‘ng kichik-kichik qismlar ustidan ishla - sekin tempda ijro et, applikatura va ritmga amal qil. Qiyin taktlar ustida alohida ishla, ularni ko‘p marotaba qaytar. Qiyin parchalar ustidan (ularni o‘qituvchi ko‘rsatadi) turli usullar bilan ishlashga harakat qil. Sekin-asta parchalarni bir-birining ortida to‘liq asarga birlashtir. Asarni yodlashga kirishayotganda sen uni qismlarga bo‘l: fraza, motiv, taktlar. Yodlashni eng qiyin parchalardan boshlash mumkin.