TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 71 545-12-29

Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Eng go‘zal oyning eng nafis bayrami - xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish an’anasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib bormoqda. Zero, jamiyatning madaniyat darajasi, ma’naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Jannat poyida bo‘lgan mo‘tabar onalarimizni e’zozlash, ularning farzand tarbiyasi va yurt kelajagi yo‘lidagi jonkuyarliklarini qadrlash, shuningdek, munis ayollarimiz va suyukli opa-singillarimizni ardoqlash xalqimizga xos qadriyat sanaladi.

Joriy yilning 7-mart kuni 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ham ushbu bayramga bag‘ishlangan bayram konsert-tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir maktabning fortepiano bo‘limi o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan tashkil etildi. Ular tomonidan tayyorlangan kuy, qo‘shiq va raqslar tomoshabinlarga havola etildi.