TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirovga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 10-aprel kuni Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti Fortepiano ijrochiligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida navbatdagi ma’naviy-ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda professor Lola Ganiyeva hamda dotsentlar Olga Asminkina va Adilya Bagamanova ishtirok etdilar.

Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 456-buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Ijod maskani” turkum tadbirlari doirasida tashkil etildi.