Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Joriy yilning 5-iyun kuni O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida “Karyera kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir talaba-yoshlarning kasbiy faoliyatga yoʻnaltirilishi, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda kelajakdagi mehnat faoliyati haqida tushunchalarini boyitishga qaratildi.
Tadbir davomida musiqa va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tajribali pedagoglar hamda madaniyat muassasalari vakillari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Ular tomonidan san’at yo‘nalishida muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, zamonaviy ijodiy jarayonlar hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida foydali ma’lumotlar berildi.
“Karyera kuni” doirasida institut faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, ijodiy loyihalar va amaliyot imkoniyatlari haqida ham batafsil tanishtirildi. Talabalar va bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari yuzasidan muhim tavsiyalar oldilar.
Mazkur tadbir yoshlarning san’at va madaniyat sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kelajak kasbiga ongli ravishda yo‘naltirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbirda Piskent tumani 32-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.


