Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Ushbu kunlarda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi havaskorlar o‘rtasida sport musobaqalari bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.
Musobaqalarning voleybol turi bo‘yicha Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqalarda Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi tizim tashkilotlari xodimlaridan shakllantirilgan terma jamoa vakillari ham munosib ishtirok etdi.
Quvonarlisi, voleybol bahslarida jamoamiz Yosh tomoshabinlar teatri jamoasi bilan maydonga tushib, raqib jamoani 2:0 hisobida, Madaniyat vazirligi jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etishdi.
Finalda Farg‘ona viloyatiga 0:1 hisobda g‘alabani boy berib, 2-o‘rin sohibiga aylandilar.
Sportchilarimizni ushbu natija bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi sport musobaqalarida ham omad hamroh bo’lishini tilab qolamiz!





