TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Maqom — asrlar sadosi, millat ruhining musiqiy ifodasi

Joriy yilning 23-26-iyun kunlari Namangan shahrida III Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkazildi. Anjuman doirasida “Sharq maqomining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Maqom — bu shunchaki musiqa emas. U xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy merosi va falsafiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan noyob san’atdir. Asrlar davomida ustoz-shogird an’analari orqali sayqallanib kelgan maqom bugun zamonaviy ijodiy yondashuvlar bilan yangi qirralarini namoyon etmoqda.

Konferensiyada maqom va dostonchilik san’atining bugungi rivojlanish yo‘nalishlari, milliy an’analarni asrab-avaylash hamda ularni zamonaviy madaniy makonga mos ravishda targ‘ib etish masalalari muhokama qilinmoqda.

Maqomning har bir kuyi va dostondagi har bir satr xalqning kechinmalari, orzu-umidlari hamda hayot falsafasini aks ettiradi. Shu bois bu bebaho merosni kelajak avlodlarga yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.