Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Joriy yilning 20-oktabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 1-IDUM bilan hamkorlikda 21-oktabr — o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizdagi o‘rni, uning boyligi va betakrorligi haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va muhabbatni kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.





