Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 71 545-12-29Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʼi, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Ona tili — ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbai. Chunki, inson uchun hayotiy zarurat bo‘lmish bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiramiz, adob-axloqimiz, feʼl-atvorimiz til orqali berilgan o‘git hamda nasihatlar asosida shakllanadi.
Joriy yilning 21-oktyabr kuni 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Til - – millat ko‘zgusi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, milliy raqs dastalari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.









