Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 71 545-12-29Joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san‘at maktabida 1-sinf o‘quvchilari uchun “San'at olamiga ilk qadamlar” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida maktabdagi barcha yo‘nalishlarning 1-sinf o‘quvchilari qisqa muddatda musiqa va san‘at sirlarini puxtalik bilan o‘rganganliklarini namoyish etishdi. Konsertga tashrif buyurgan ota-onalar o‘z farzandlarini saxnadagi ilk ijrolarini ko‘rib, katta hayajon va faxr his tuyg‘ulari bilan tomosha qildilar. Tadbir so‘nggida maktab ma‘muriyati tomonidan barcha o‘quvchilar va ularga saboq berib kelayotgan ustozlari taqdirlandilar.





