Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 71 545-12-29Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 79-sonli maktab-internatida joriy yilning 18-noyabr kuni tinch va osoyishta hayotimiz, yorug‘ kelajagimiz timsoli boʼlgan “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda 30-sonli BMSMning barcha bo‘lim o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar. Bayram tadbirida namoyish etilgan kuy-qo‘shiq va raqslarning barchasidan milliy g‘ururimiz, faxrimiz - bayroq tarannum qilindi. Tadbirda faol yoshlar davlat ramzi bo‘lgan bayrog‘imizning xalqaro tadbirlarda, sport shoxsupalarida baland ko‘tarilishi qalblarni faxru g‘ururga to‘ldirishini e’tirof etdilar.









