Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 71 545-12-292023-yil 28-noyabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 30-sonli BMSMning konsertr zalida o‘zbek maqom san’atining buyuk darg‘alari - O‘zbekiston xalq hofizi Isroiljon Vahobov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Axmadjon Dadayev, hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nuriddin Aminjonovlar ishtirokidagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Unda an‘anaviy xonandalik va maqomchilik san‘ati keng tarzda yoritildi. Maqomlardan namunalar kuylandi.
Tadbir yakunida tashrif buyurgan mehmonlar tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.






