TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 71 545-12-29

Fortepiano sinfida seminar bo‘lib o‘tdi

2023-yil 30-noyabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 30-sonli BMSMda “O‘zbekistonda fortepiano ijrochiligining rivojlanish tarixi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda fortepiano mutaxassisligi bo‘yicha o‘qituvchi Axatova Xilola fortepiano cholg‘usining rivojlanish tarixi va unga hissa qo‘shgan buyuk insonlar haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar mavzuga oid ko‘pgina ma‘lumotlarga ega bo‘ldilar.