TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Mahallada duv-duv gap”…

Joriy yilning 10-yanvar kuni 30-sonli musiqa va sanʼat maktabida Oybek va Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini aholisi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yigʻilishida bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi rahbari S.Azimova, yozuvchi S. Inomov, maʼnaviyat targʻibotchilari aʼzolarining maʼruzalari tinglandi. Tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar hamda 30-sonli BMSM xoreografiya yo‘nalishi o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan go‘zal raqslar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi