TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniga binoan mamlakatimizda 14 yanvarь – Vatan himoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos anʼanaga aylangan. Vatan himoyachilari kuni bayrami xalqimizga katta quvonch va mamnuniyat baxsh etish bilan birga, mustaqillik va tinchlik degan bebaho boyligimizni asrash, ertangi kunga ishonch tuyg‘usi bilan yashashga undaydi. Mard va jasur Vatanimiz himoyachilari o‘z qasamyodiga sodiq qolib, o‘z xizmat burchini sharaf bilan ado etar ekan, ushbu yurt tinch va obod bo‘laveradi.

2024-yil 12-yanvar kuni maktabimizda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktabning barcha bo‘lim o‘qituvchi va o‘quvchilari faol ishtirok etib,tashrif buyurgan mehmonlarga xush kayfiyat ulashdilar.