Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 71 545-12-29Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oldinga surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.
Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish boʻyicha Piskent tumani 30-sonli BMSM tomonidan boshqa tashkilotlar bilan hamkorlida qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, tumanning 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida xalq cholg‘ulari bo‘limi o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan “Musiqa olamiga sayohat” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktab o‘quvchilariga xalq cholg‘uulari to‘g‘risida ma’lumot berildi, konsert tashkil etildi.





