TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14-fevral kuni 30-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabining kontsert zalida O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim va yirik davlat arbobi va sarkarda Z.M.Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Maktabning teatr san’ati va xalq cholg‘ulari bo‘limlari tomonidan tashkil etilgan ushbu adabiy-badiiy kecha yosh avlodni ulug‘ bobomizning ezgu tushunchalar teran mushohada etilgan bebaho asarlaridan bahramand etish, shu orqali ularning tafakkur va maʼnaviyati, badiiy-estetik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.