Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Joriy yilning 19-24 fevral kunlari barcha bolalar musiqa va sanʼat maktablarida fortepiano bo‘limi fan haftaligi o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan joriy yilning 19-fevral kuni estrada (fortepiano) cholg'u ijrochiligi yo‘nalishi o‘qituvchisi Sevara Maxmudova tomonidan jazz janrining yetuk ijodkorlaridan biri kompozitor Duke Ellingtonning hayoti va ijodiga bag’ishlangan ochiq dars o‘tkazildi. Dars jarayonida amerikalik kompozitorning hayoti, jazz musiqasiga qo‘shgan hissasi hamda asarlaridan namunalar tinglandi.




