TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Bahshichilik va an’anaviy xonandaligi fan haftaligi”

Madaniyat vazirligi taʼlim muassasalari tizimida 11-16-mart kunlari “Bahshichilik va an’anaviy xonandaligi fan haftaligi” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan maktabimizda qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

12-mart kuni musiqa nazariyasi bo‘limi o‘qituvchisi S.S. Raimqulova tomonidan maqom alifbosi fanidan ochiq dars o‘tkazildi.

13-mart kuni an’anaviy xonandalik yo‘nalishi o‘quvchilari ishtirokida “Asl ovoz” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Tanlovda o‘quvchilar ijro mahorati bo‘yicha talab darajasida baholanib, diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

14-mart kuni an’anaviy xonandalik yo‘nalishi o‘qituvchisi I. Abdurahimov “An’anaviy xonandalikda ijro mahoratini to‘gri rivojlantirish” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Ochiq dars jarayonida an’anaviy xonandalik yo‘nalishi ijro yo‘li keng yoritildi. O‘quvchilarda ijro mahoratini to‘g‘ri rivojlantirib borish bo‘yisha tushunchalar berildi.

15-mart kuni an’anaviy xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha fan haftaligining yakuniy hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Konsertda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan milliy kuy va qo‘shiqlar tashrif buyurgan mehmonlarga xush kayfiyat baxsh etdi.