TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z”

Ushbu kunlarda yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan umumxalq bayramlardan biridir. Bu bayramda insonlar tabiatning kosmik jarayoniga o‘z munosabatini bildiradi. Atrof-muhit bilan hamohanglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va rahmdil bo‘lish, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasini o‘zida mujassam etganini alohida ta’kidlash lozim.

Joriy yilning 19-mart kuni Piskent tumani markaziy o‘yingohida maktabimizda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi. Konsertda maktabimiz o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘z chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarini xushnud etdilar.