TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1-noyabr kuni Piskent tuman 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchi yoshlar va aholi vakillari ishtirokida ekstrimizim, terorizim va missionerlikning asl qiyofasini namoyon etuvchi “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Respublika tasviriy oyna uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Piskent tuman rahbari S.Azimova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Piskent tumani xodimi A.Jumaboyev, tuman IIB ning terrorizim va diniy ekstremizm bo‘limi rahbari D.Qurbonov hamda tuman bosh imom xatib O. Qayumxonovlar o’z maruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomi ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlar va ularga “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida kurashish kerakligi haqida mutassadi vakillar tamonidan bir qancha misollar keltirilib kerakli tavsiyalar, berildi. Shu bilan bir qatorda Respublika tasviriy oyna uyushmasi bilan hamkorlikda foto ko‘rgazma o‘tkazildi.

jaholatga qarshi
jaholatga qarshi
jaholatga qarshi
jaholatga qarshi
jaholatga qarshi
jaholatga qarshi
jaholatga qarshi
jaholatga qarshi