TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Maktabimizda “Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida, joriy yilning 9-14 sentyabr kunlari “Xon atlas” xaftaligini oʻtkazildi.

Haftalikni oʻtkazishdan maqsad oʻzbek xalqining koʻp asrlik oʻtmish madaniyati, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida oʻziga xos xususiyatlarini namoyish etishdir.

Mazkur haftalik doirasida Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi ayol-qizlari ham faol ishtirok etishdi.

xon atlas
xon atlas
xon atlas
xon atlas