TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Oq yo‘l, aziz bitiruvchilar!

Joriy yilning 10-iyun sanasida Toshkent viloyati Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 2024-2025-oʻquv yili bitiruvchilarining “Soʻnggi qoʻngʻiroq” bitiruv kechasi boʻlib oʻtdi. Kechada bitiruvchilarga bitiruv diplomlari topshirildi. O‘quv yili davomida tanlovlarda muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.

So‘zga chiqqan bitiruvchilar, ularning ota-onalari maktab ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.