Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi fortepiano bo‘limi oʻqituvchisi Munisa Rasulova tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Darsda mustaqillikning naqadar buyuk ne’mat ekanligi, uni asrab-avaylash, Vatanga sidqidildan xizmat qilish lozimligi, shuningdek, ayni paytda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, Yangi О‘zbekistonning erishayotgan ulkan natijalari toʻgʻrisida soʻz yuritildi.


