TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 71 545-12-29

O‘zbek tili — millat g‘ururi va iftixori!

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy sana. Ana shu qutlug‘ kun munosabati bilan bugun Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi 1-son IDUM hamkorlikda tadbir o‘tkazishdi.

Unda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, tuman mahallalar uyushmasi rahbari ishtirok etdi.

Bayramda o‘zbek tilining boyligi, jozibasi va xalqimiz ma’naviyatidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. She’rxonliklar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari tadbirga alohida fayz va ruh bag‘ishladi.

Tilga ehtirom – millatga sadoqat, tarixga hurmatdir. Shu bois bugungi tadbir nafaqat bayram, balki ona tilimizga mehr va faxr tuyg‘ularini yanada yuksaltirgan ma’naviy daqiqa bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilari o‘zbek tili – xalqimizning ruhi, yuragi va kelajak sari yetaklovchi nurli timsol ekanini yana bir bor chuqur his etdilar.