Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Joriy yilning 13 noyabr kuni Piskent tumanidagi 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Zakovat” intellektual tanlovining hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Nurafshon shahri 12-sonli, Bo‘ka tumani 19-sonli, Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari o‘zaro bilim va tafakkur bellashuvida qatnashishdi.
Qizg‘in bahs-munozaralar, topqirlik va jamoaviy ruh muhitida o‘tgan tanlov davomida ishtirokchilar san’at va madaniyat sohasidagi bilimlarini keng namoyon etishdi. Har bir savol atrofida fikr almashildi, jamoalar bir-biridan o‘rnak oldi.
Tanlov yakunida esa an’anaviy tarzda eng katta g‘olib — do‘stlik va birlik bo‘ldi!
Bunday tadbirlar o‘qituvchilar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlab, ularni yangi g‘oyalarga ilhomlantiradi.






