TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Bayrog‘imiz - faxririmiz, g‘ururimiz” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida joriy yilning 18-noyabr kuni tinch va osoyishta hayotimiz, yorug‘ kelajagimiz timsoli boʼlgan “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan ”Bayrog‘imiz - faxririmiz, g‘ururimiz” mavzusi ostida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tasviriy san’at o‘quvchilari ijodiy ishlarini baholashda yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy anʼana va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, barkamol shaxs etib tarbiyalash, dunyoqarashini oshirishga xizmat qilishiga eʼtibor berildi.

Tanlov g‘oliblari maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.