TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“O‘zbekiston – bag‘ri keng diyor”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizda Bag‘rikenglik haftaligi doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 13-noyabr kuni Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “O‘zbekiston – bag‘ri keng diyor” shiori ostida tasviriy san’at bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

Tadbir davomida yosh iste’dod egalari o‘z ijodiy ishlari orqali mamlakatimizda millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini aks ettirdilar. Har bir rasmda O‘zbekistonning bag‘rikengligi, turli millat vakillarining tinch-totuv hayot kechirayotgani, yagona Vatan – yagona xalq tushunchasi ifoda etildi.

Bunday tadbirlar yoshlar ongida do‘stlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va millatlararo ahillik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.