TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Hamkorlik memorandumi amalda!

Toshkent viloyati Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hamda umumta’lim maktablari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolangan. Ushbu hamkorlik doirasida joriy yilning 15-noyabr kuni Piskent tumani umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan musiqa fani o‘qituvchilari uchun nazariy va amaliy darslar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida pedagoglar musiqa ta’limining nazariy asoslari bilan tanishib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur tashabbus o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.