TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Toshmurodova Shahrizoda Respublika tanlovi g‘olibi!

Joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekona” Xalqaro ijodiy tashkiloti tomonidan “Ohanglar jilosi” respublika tanlovi o‘tkazildi.

Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi amaliy san’at yo‘nalishi oʻquvchisi Toshmurodova Shahrizoda tanlovda faol ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni egalladi va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.