Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Joriy yilning 18-noyabr kuni Piskent tumanida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xalvatulkayeva Zarifa Abdunazorovna, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tuman bo‘linmasi rahbari Azimova Surayyo Zakirovna, tuman tashkilotlari vakillari hamda tuman yoshlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Davlat bayrog‘i tantanali ravishda ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi.Tadbirda Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quvchilari tomonidan Vatanga muhabbat va milliy birlikni ulug‘lovchi chiqishlar bayram ruhini yanada ko‘tarib yubordi.





