Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Joriy yilning 27-noyabr sanasida Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano bo‘limi o‘qituvchisi Raimqulova Sayyora Sobirjonovna “Raqs ritmlarini fortepianoda ijro etish ( vals, polka, marsh)” mavzusida ochiq dars oʻtkazdi.
Dars jarayonida musiqa asarlarining har bir janri alohida yoritildi. Fortepiano bo‘limi o‘quvchilari tomonidan asarlardan namunalar ijro etildi. Ekranda mashhur asarlardan parchalar namoyish etildi va tahlil qilindi.








