Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Xalqaro nogironlaar kuni munosabati bilan joriy yilning 3-dekabr kuni Piskent tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Diydor Shirin” to‘yxonasida tashkil etilgan uchrashuvda alohida yordamga muhtoj fuqarolar ishtirok etdilar.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida har bir insonning jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Tadbir davomida mehmonlarga sovg‘alar ulashildi, o‘yin-kulgu va samimiy muloqotlar tashkil etildi. 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi oʻquvchilarining konsert dasturi ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Bunday uchrashuvlar jamiyatimizda mehr, oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaydi.





