TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Soz sehri” nomli konsert dasturi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 12-dekabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida xalq cholgʻu boʻlimi tomonidan “Soz sehri” nomli konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Konsert dasturida boʻlimning barcha oʻqituvchi va oʻquvchilari faol ishtirok etdilar. Ijrochilar tomonidan mazkur konsert dasturida mumtoz hamda zamonaviy kuy-qo‘shiqlar yangradi. Har bir ijro orqali sozlarning sehrli ohangi, musiqaning tarbiyaviy va estetik ahamiyati tomoshabinlarga yetkazildi. Dastur davomida yosh ijrochilar o‘z mahoratlarini namoyon etib, musiqaga bo‘lgan mehr va ishtiyoqni, sahna madaniyatini hamda ijodiy izlanishlarini ifodaladilar. Ijro etilgan asarlar orqali Vatanga muhabbat, go‘zallik, insoniylik va ezgulik g‘oyalari namoyon etildi.