TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Yangi yil mo‘jizasi” nomli ertak sahnalashtirildi

Joriy yilning 22-dekabr sanasida Toshkent viloyati Piskent tumani30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabining teatr san’ati boʻlimi oʻqituvchisi Lobar Ikromova, hamda, oquvchilari tomonidan 12-son DMTTda Yangi yil bayrami munosabati bilan tarbiyalanuvchilar uchun “Yangi yil mo‘jizasi” nomli ertak sahnalashtirildi. Ertak orqali bolalarda do‘stlik, mehr-oqibat, yaxshilik va quvonch tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, Yangi yil bayramiga bo‘lgan qiziqish va quvonchni oshirish maqsad qilingan. Qiziqarli syujet, rang-barang liboslar va quvnoq qahramonlar bolalarga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbir bolalarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish va sahna madaniyatini rivojlantirish uchun xizmat qildi.