TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Maktabimiz jamoasi Nurafshon shahridagi viloyat bosh archa tadbirlarida ishtirok etdi

Joriy yilning 26-dekabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumani 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi oʻqituvchilari hamda oʻquvchilari tomonidan Nurafshon shahrining bosh archasi qad rostlagan maydonda “Yangi yil sarguzashtlari” nomli teatrlashtirilgan shou bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda maktabning barcha boʻlim oʻqituvchilari hamda oʻquvchilari, “Maftuna” bolalar raqs jamoasi tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar, hamda teatrlashtirilgan shou-konsert dasturi namoyish etilib, barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.