TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Buyuk shoirlarga bag‘ishlangan ijodiy mashgʻulot boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 10-fevral sanasida Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 30-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchilari tomonidan ijodiy mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Mashgʻulot davomida oʻquvchilar Z.M.Bobur va A. Navoiyning siymosi, ularning adabiy merosi, ilm-ma’rifatga boʻlgan muhabbati va Vatanga sadoqatini ranglar orqali ifodaladilar. Rasm chizish jarayoni oʻquvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, estetik did va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qildi.