TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Bir asrning ikki dahosi”' nomli adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi

2026-yil 9-fevral sanasida maktabda buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan “Bir asrning ikki dahosi”' nomli adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida adiblarning boy adabiy va tarixiy merosi, o‘zbek mumtoz adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz rivojidagi beqiyos o‘rni yoritildi. O‘quvchilar tomonidan shoirlarning g‘azallari ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari, musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir yosh avlodda milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy merosimizga sadoqat va ona tilimizga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.