TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Nafosat navosi” sinf konserti boʻlib oʻtdi

2026-yil 7-yanvar kuni xalq cholgʻulari boʻlimi oʻqituvchisi N. Magammetova o‘quvchilarining “Nafosat navosi” sinf konserti boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida musiqa maktabi o‘quvchilari tomonidan mumtoz va zamonaviy asarlardan ijro etildi. Har bir chiqish yosh ijrochilarning mehnati, iste’dodi va musiqaga bo‘lgan muhabbatini yaqqol namoyon etdi. Konsert tomoshabinlarga estetik zavq ulashib, san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.