Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-2292026-yil 14-yanvar kuni maktabda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlayotgan mard va jasur harbiy xizmatchilar, shuningdek, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha himoyachilarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan vatanparvarlik ruhidagi she’rlar, musiqiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Vatan, tinchlik va jasorat mavzulari orqali yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.








