TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

M. N. Abduraxmanova mahorat darsi o‘tkazdi

Joriy yilning 22-yanvar sanasida maktabimizda V.Uspenskiy nomli Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining umumiy fortepiano boʻlimi boshligʻi 1-toifali oʻqituvchi M. N. Abduraxmanova tomonidan “Ijod maskani” loyihasi doirasida umumiy fortepiano fani bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarda fortepiano ijrochiligiga oid asosiy ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Mahorat darsi “Umumiy fortepiano darslarida asosiy ijro malakalarini shakllantirish” mavzusida oʻtkazilib, dars davomida kuylarni ifodali ijro etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalari va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berildi. Mazkur mahorat darsi o‘quvchilarning umumiy fortepiano faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi .