TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

“Mohir barmoqlar”' koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 13-fevral sanasida Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida fortepiano bo‘limi oʻquvchilari oʻrtasida K.Cherni etyudlari boʻyicha “Mohir barmoqlar”' koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlov yosh ijrochilarning ijro mahorati, texnik imkoniyatlari va sahna madaniyatini namoyon etish maqsadida tashkil etildi.

Ishtirokchilar tomonidan texnik mahoratni namoyon etuvchi asarlar ijro etilib, ularning ritm sezgisi, texnik tayyorgarligi va ijro madaniyati hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Tanlov soʻngida gʻolib oʻquvchilar diplom hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.