TOSHKENT VILOYATI PISKENT TUMANI
30-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi

Tel.: +998 70-54-51-229

Maktabimizda xayriya hashari boʻlib oʻtdi

“Hashar — elga yarashar” degan maqol bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko‘chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.

Joriy yilning 14-mart kuni maktabimizda Navroʻz bayrami va Roʻza hayiti arafasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida xayriya hashari boʻlib oʻtdi.

Hashar davomida maktab hududi, bino ichi, o‘quv xonalari tozalanib chiroyli holatga keltirildi.

Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar hasharda birgalikda faol qatnashib, maktab hududini yanada ozoda va ko‘rkam maskanga aylantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.