Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Joriy yilning 22-mart sanasida Piskent tumanida Navroʻz umumxalq bayrami “Navro‘zni ulug‘lash-insonni ulug‘lashdir” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.“Yoshlik” stadioni bayramona ruhda bezatilib, bu yerda chinakam xalq sayli muhiti hukm surdi.
Bayram dasturi doirasida milliy urf-odatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, folklor chiqishlari hamda bolalar uchun turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi. Bayram dasturida 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining bahoriy kuy - qo‘shiqlari hamda raqs ijrolari bilan tomoshabinlarni xushnud etdilar.
Eng muhimi, bu yerda insonlar qalbida birlik, mehr-oqibat va shukronalik tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi.
Navro‘z – yangilanish, mehr va birlik bayrami!







