Piskent tumani, Oybek nomli MFY, Bobur ko‘chasi
Tel.: +998 70-54-51-229Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 30-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining tasviriy san’at yo‘nalishi o‘qituvchilari tomonidan buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan noan’anaviy dars o‘tkazildi. Mazkur dars yosh avlodni milliy tariximiz, buyuk ajdodlarimiz merosi va ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan tanishtirishga qaratildi.
Dars jarayonida o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni rivojlantirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lish tuyg‘usini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur dars o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish bilan birga, ularda vatanparvarlik, milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.




